3-fevral kuni Toshkentda rossiyalik xonanda Nyushaning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tashrif xonandaning tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Bu haqda "Anons.uz” xabar berdi.
Nyushaning ta’kidlashicha, uni Toshkent bilan ko‘p narsa bog‘laydi. U bu yerga avval ham kelib, kliplar suratga olgan. Taniqli mahalliy xoreograf Sergey Zlotnik bilan hamkorlikda ishlagan. Biroq yakkaxon konsert berish orzusi amalga oshmagan.
Prodyuser Firuza Murodovaning so‘zlariga ko‘ra, Nyusha O‘zbekiston yoshlari orasida juda mashhur. Shuning uchun prodyuserga moskvalik hamkorlar tomonidan qo‘shiqchining konsertini tashkil etish taklifi tushganida, u o‘ylamasdan rozi bo‘lgan.
Murodovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari tomonidan Nyushaning qo‘shiqlarini onlayn eshitish yoki ko‘chirib olishlar soni doim rekord o‘rnatadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbekistonliklar Nyushani Toshkentda ko‘rish istagini bildirgan
...
Davomini o'qish »