| Категории раздела |
 | |
 |
| Мини-чат |
 |
|
 |
| Наш опрос |
 | |
 |
| Статистика |
 |
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0 |
 |
|
 |  |  |
 | Главная » Yangiliklar...
Yarmarka ikki bosqichda o‘tkaziladi. Toshkentda VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi o‘tkaziladi. Bu haqidagi Vazirlar Mahkamasining qarori Lex.uz’da e’lon qilindi. VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini ikki bosqichda o‘tkazish rejalashtirilgan. 2014-yilning mart-iyun oylarida o‘tkaziladigan Sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining birinchi bosqichi doirasida hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari bo‘lib o‘tadi. Ular bilan bir O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari yarmarkalarida mahalliy korxonalar ishtirok etdi. Sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining ikkinchi, 28-oktyabrdan 1-noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan bosqichida muhim sanoat tarmoqlarining salohiyat va imkoniyatlari, ishlab chiqarish yangiliklari hamda turli mahsulotlar namoyish etiladi. O‘zbekiston sanoat kompleksining yetakchi korxonalari o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish sektorlari bo‘yicha taqdim etadi. Kommunal xo‘jali
...
Davomini o'qish »
3-fevral kuni Toshkentda rossiyalik xonanda Nyushaning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tashrif xonandaning tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Bu haqda "Anons.uz” xabar berdi. Nyushaning ta’kidlashicha, uni Toshkent bilan ko‘p narsa bog‘laydi. U bu yerga avval ham kelib, kliplar suratga olgan. Taniqli mahalliy xoreograf Sergey Zlotnik bilan hamkorlikda ishlagan. Biroq yakkaxon konsert berish orzusi amalga oshmagan. Prodyuser Firuza Murodovaning so‘zlariga ko‘ra, Nyusha O‘zbekiston yoshlari orasida juda mashhur. Shuning uchun prodyuserga moskvalik hamkorlar tomonidan qo‘shiqchining konsertini tashkil etish taklifi tushganida, u o‘ylamasdan rozi bo‘lgan. Murodovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari tomonidan Nyushaning qo‘shiqlarini onlayn eshitish yoki ko‘chirib olishlar soni doim rekord o‘rnatadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbekistonliklar Nyushani Toshkentda ko‘rish istagini bildirgan
...
Davomini o'qish »
[size=8]O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 7 fevral kuni Sochi shahrida bo'lib o'tadigan XXII qishki Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi, deya xabar beradi O'zA. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 21-14 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Olimpiya o'yinlarida Vatanimiz sharafini Kseniya Grigoreva va Artem Voronov (tog' chang'isi), shuningdek Misha Ge (figurali uchish) himoya qilishadi.
O'zbekiston bayrog'ining Sochidagi ko'tarilish marosimi 5 fevral kuni bo'lib o'tdi. [color=red]
Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboev o'z mamlakati nomi o'zgartirilishi mumkinligini qayd etib o'tdi. Qozog'iston prezidenti ushbu mavzuni Atiraudagi intellektual maktabga tashrifi va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvi vaqtida ko'tardi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz.[color=red] «Bizning mamlakatimiz nomi oxirida, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari qatori, «iston» qo'shimchasi bor. Ayni vaqtda xorijliklar nomi oxirida «iston» qo'shimchasi bo'lmagan Mo'g'ulistonga (ruscha va inglizchada – «Mongoliya» va «Mongolia» ko'rinishida) qiziqish bildirishmoqda», – deya tushuntirdi prezident. U mamlakatning ehtimoliy yangi nomi sifatida «Qazaq elі» («Qozoq eli») variantini taklif qilgan. «Balki, vaqt o'tishi bilan mamlakat nomini «Qazaq elі» deb o'zgartirish masalasini ko'rib chiqish kerakdir, biroq bu masalada avvalo xalq bilan maslahatlashish kerak», – deya xulosa qildi Qozog'iston rahbari. Qozog'istonda bungacha ham m
...
Davomini o'qish »
Joriy yilning 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida Koreya Respublikasining SK C&C kompaniyasi bosh vitse-prezidenti Pak Xeon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy sayti xabar berdi. Foto: ccitt.uz SK C&C kompaniyasi delegatsiyasining tashrifidan ko‘zlangan maqsad — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil sentabr oyida Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida axborotlashtirish sohasida imzolangan hamkorlik Memorandumi asosida axborot texnologiyalari yo‘nalishida mamlakatlar o‘rtasida keng ko‘lamli aloqalar yo‘lga qo‘yish, istiqbolli loyihalarni amalga tatbiq etishdan iborat. Delegatsiya a’zolari bilan axborot tizimlarini yaratish, dasturiy ta’minot mahsulotlari bozorini rivojlantirish, “elektron hukumat” tizimini joriy qilish doirasida iqtisodiyotning barcha jabhalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, soh
...
Davomini o'qish »
6-fevral kuni ochiladigan Berlin kinofestivalida o‘zbekistonlik kinorejissor Saodat Ismoilovaning “Chilla” nomli filmi namoyish etiladi. Bu haqda kinofestival saytidagi ma’lumotga asoslanib “Kun” nashri xabar beradi. “Chilla” filmidan lavha. Foto: “Kun” / berlinale.de Film O‘zbekiston, Tojikiston, Gollandiya, Fransiya va Germaniya kinoijodkorlari mehnati mahsuli bo‘lib, tojik tilida suratga olingan. 88 daqiqa davom etadigan filmda rollarni Rushana Sodiqova, Saodat Rahimova, Farida Olimova kabi aktrisalar ijro etgan. Toshkentda tug‘ilgan, o‘z vaqtida Toshkentda oliy ta’lim ko‘rgan Saodat Ismoilova hozirgi vaqtda Parijda yashab, ijod qiladi. Faoliyatini hujjatli va qisqa metrajli filmlar bilan boshlagan Ismoilova uchun “Chilla” ilk to‘liq metrajli badiiy film hisoblanadi. ScreenDaily ma’lumotlariga ko‘ra, Berlin kinofestivalining aslida hech qanday rasmiy sovrin va’da qilmaydigan, asosan yosh, ilk filmi bilan ishtirok etayotgan kinoijodkorlar
...
Davomini o'qish »
Маълумотларга кўра,UZTE Grand X Quad номли смартфон февраль ойининг бошларида эркин сотувга чиқади ва унинг нарҳи ҳам маълум - 800 минг сўм атрофида экан.
Смартфоннинг техник хусусиятлари
Операцион тизим Android 4.2 (ICS)
Ўлчамлари, mm 141×70×9,2
Оғирлиги, g 170
Процессор (BB / РФ) MT6589/MT6167
Частота 1.2 GHz Quad Core
Тармоқ GSM/GPRS/EDGE 900/1800/1900 MHz HSPA/UMTS 900/2100 MHz Dual Sim
Экран 5 inch, HD 1280×720 IPS
Батарея 2500mAh
Хотираси 1GB DDR SDRAM+4Gb ROM+4Gb TF card
Камера 8MP AFсо вспышкой+ 1MP FF+авто-фокус
Аудио формат AMR-NB,AMR-WB,AAC,AAC+, eAAC+,MP3,XMF, MIDI (SMF),SP-Midi, iMelody,WAV,QCELP,OGG
Видео формати H263/H264/MPEG-4/AVI
Слот TF card учун
Бошқалар GPS, AGPS, WIFI 802.11 b/g/n Bluetooth 4.0,
A2DP, AVRCP, FM радио
Sardor Rahimxon o‘z konsertiga chiptalar qolmaganligini rad etdi 25.01.2014// Hamidbek Yusupov// Musiqa va kino O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon 6-7-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishni rejalashtirgan. “Sayyod” xabariga ko‘ra, hozir xonandaning yakkaxon dasturiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallada. Saytda ma’lum qilinishicha, san’atkor konsertda oddiylikdan va ishlatilgan uslublardan, odatiy duetlardan chetlangan. Ammo, Sayyod.uz xabariga ko‘ra, konsertdan avvaloq uning dilini og‘ritishmoqda. Kimdir chiptaxona oldida turib, “Sardor Rahimxonning konsertiga bilet qolmadi”, deb, kelganlarni qaytarib yuborayotgan emish. Bu haqda xonandaning o‘ziga murojaat etib, chipta so‘raganlar ham bo‘lgan. Aslida esa, chiptaxonada chiptalar bor va joyiga qarab, 8000 so‘mdan 70000 so‘mgacha narxda sotilmoqda. Muxlislar bemalol chiptaxonaga o‘zlari murojaat qilib, chipta olishlari mumkin. Shuningdek, dastur
...
Davomini o'qish »
“Darakchi” gazetasi 22-yanvardan o‘z faoliyatini qayta tiklaydi, deb xabar berdi PressNews sayti.
Gazetaning kelgusi soni 31-yanvar juma kuni sotuvga chiqadi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Darakchi” gazetasi va darakchi.uz sayti faoliyati 2013-yil dekabr oyining boshida to‘xtatilgan edi. “Darakchi”ning “haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarib yuborilgan” xodimlari dekabr oyi so‘ngida PressNews saytiga asos solgan edi.
|
|  |
 |  |
 |  |  |
|
| Форма входа |
 | |
 |
| Поиск |
 | |
 |
| Календарь |
 |
| « Апрель 2026 » |
| Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | | 27 | 28 | 29 | 30 | |
 |
| Архив записей |
 | |
 |
|