Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboev o'z mamlakati nomi o'zgartirilishi mumkinligini qayd etib o'tdi. Qozog'iston prezidenti ushbu mavzuni Atiraudagi intellektual maktabga tashrifi va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvi vaqtida ko'tardi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz.[color=red]
«Bizning mamlakatimiz nomi oxirida, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari qatori, «iston» qo'shimchasi bor. Ayni vaqtda xorijliklar nomi oxirida «iston» qo'shimchasi bo'lmagan Mo'g'ulistonga (ruscha va inglizchada – «Mongoliya» va «Mongolia» ko'rinishida) qiziqish bildirishmoqda», – deya tushuntirdi prezident. U mamlakatning ehtimoliy yangi nomi sifatida «Qazaq elі» («Qozoq eli») variantini taklif qilgan.
«Balki, vaqt o'tishi bilan mamlakat nomini «Qazaq elі» deb o'zgartirish masalasini ko'rib chiqish kerakdir, biroq bu masalada avvalo xalq bilan maslahatlashish kerak», – deya xulosa qildi Qozog'iston rahbari.
Qozog'istonda bungacha ham m
...
Davomini o'qish »